“O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” media tadbiri
Bugun Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) anjumanlar zalida “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” turkumi kitoblarini taqdimoti hamda ularlarni beg‘araz tarqatish uchun tegishli tashkilotlar, vazirlik va idoralarga sertifikatlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.
2017 yildan boshlab O‘zbekiston hukumati ko‘magida, WOSCU tomonidan mamlakatimizdagi me'moriy yodgorliklardan joy olgan tarixiy bitiklar sirini ochishga qaratilgan “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” loyihasi yo‘lga qo‘yilgan edi.
Ayni paytga qadar O‘zbekistonning qator viloyatlariga bag‘ishlangan mazkur kitob-albomlarning 20 ta jildi chop etildi.

