Афсонанинг жонланиши: 80 йилдан кейин Санкт-Петербургда Навоийхонлик ўтказилди

Tojikiston universitetlaridan birida “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Tojikiston Respublikasining Bobojon G‘afurov nomidagi Xo‘jand Davlat universitetida "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi kitob-albomlarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Unda universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. 

So‘zga chiqqanlar kitobning inson maʼnaviy hayotidagi o‘rni haqida so‘z yuritib, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham to‘xtalib o‘tishdi.