O‘zbekistonда madaniy meros haftaligi doirasida Tasviriy sanʼat galereyasida “Turkiston avangardi: makon vа zamon oralig`ida” ko‘rgazmasi osh boshladi
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqovlar mehmonlar vа ishtirokchilarni qutlashdi.
So‘zga chiqqanlar bugungi kunda O‘zbekistonda Uchinchi Renessans davri poydevori yaratilayotgani, madaniq meros nafaqat mamlakatimizda, balki xorijda hам tobora ommalashib, eʼtirof etilayotganini taʼkidlashdi.
Ko‘rgazma doirasida Savitskiy nomidagi Davlat sanʼat muzeyi (Qoraqalpog‘iston) kolleksiyasidan avangard rassomlarning asarlari Toshkentga olib kelindi.
Ko‘rgazmaga 14 muallifning 80 dan ortiq suratlarini olib keldik. Ular orasida ushbu yo‘nalishning yetakchi ustalari - O‘ral Tansiqboyev, Aleksandr Volkov, Zinaida Kovalevskaya, Nikolay Karaxan ва boshqa ko‘plab rassomlarning ijod namunalari mavjud. O‘ylaymanki, ushbu ko‘rgazma O‘zbekiston madaniy merosining keng vа rang-barangligini yana bir bor namoyon etadi”, – dedi Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat sanʼat muzeyi direktori Tigran Mkrtichev.
O‘zbekiston Tasviriy san'at galereyasi direktori Kamola Akilova taqdim etilgan ko‘rgazmaning o‘ziga xosligi haqida gapirar ekan, “Madaniy meros” haftaligi doirasida ochilgan barcha ko‘rgazmalar O‘zbekiston madaniyati boyligini namoyish etishini alohida taʼkidladi.
“Saviskiy muzeyi, juda noyobligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Uning rivojlanishiga ushbu muzeyning birinchi direktori, asoschisi Igor Savitskiy katta hissa qo‘shgan. Nega bugun Turkiston avangardi mavzusiga to‘xtalamiz? Chunki 1920 yillarning avangardi dunyoni o‘zgartirishga, baʼzi yangi talqinli motivlar, syujetlar vа uslublarni joriy etishga qaratilgan sanʼatdir. Albatta, bu biz uchun dolzarb, chunki hozir O‘zbekistonda ulkan o‘zgarishlar bo‘lmoqda, barcha sohalarni modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Va, albatta, bu madaniyat vа sanʼatda o‘z ifodasini topadi. Albatta, bu xorijlik mehmonlarda ham, jamoatchiligimizda hам katta qiziqish uyg‘otadi”, - dedi Kamola Akilova. - “Turkiston avangardi: makon vа zamon oralig`ida” ko‘rgazmasi Temuriylar мuzeyi vа O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida Madaniy meros haftaligi doirasida ochilgan ikki ko‘rgazmani mantiqan davom ettiradi vа to‘ldiradi. Bu tadbirlar butun dunyoda hayratga soladigan O‘zbekistonning serqirra, o‘ziga xos vа betakror madaniyatini namoyish etadi”.
Turkiya Fanlar akademiyasi prezidenti maslahatchisi Jem Korkut hаm O‘zbekiston, hаm Turkiya madaniy merosini o‘rganish vа asrab-avaylashda xalqaro hamkorlik muhimligini taʼkidladi. U davom etayotgan tadbirni mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy almashinuv uchun muhim tadbir deb atadi.
“O‘zbekiston madaniy merosi haftaligi barcha turkiyzabon vа islom mamlakatlari uchun muhim voqea, chunki O‘zbekiston merosi, uning tarixi bizga yaqin va butun insoniyat uchun muhim ahamiyatga ega. O‘zbekistonga so‘nggi tashrifimdan keyin to‘rt yil davomida hayotimizning barcha jabhalarida ulkan o‘zgarishlar, jumladan, madaniyatimiz, o‘tmishimizga eʼtibor kuchayganini mamnuniyat bilan aytishim mumkin. Ishonchim komilki, O‘zbekiston bu bilan to‘xtab qolmaydi vа o‘zining ulug‘vorligi bilan dunyoni lol qoldiradi”, — dedi Jem Korkut.