“Ozod mamlakat toʻlqinlari” media festivali
Yil loyihasi – “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida”
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash bo`yicha Parlament komissiyasi yil loyihasini e`lon qildi. Bu “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” loyihasi edi.
– “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” loyihasining o`xshashi yo`q. 2018 yilda loyiha ulkan ishlarni amalga oshirdi va kelgusi yilda oldimizda ko'plab vazifalar turibdi. Hozir “Yo`l xaritasi” tayyorlanmoqda, u tez orada e`lon qilinadi, – dedi loyiha ilmiy rahbari Edvard Rtveladze.
O`zbekiston Prezidentining madaniy merosimizni asrab-avaylash bo`yicha tashabbusi bugungi kunda O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, asrab-avaylash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyatida birlashgan uch yuz nafar jahon olimlari tomonidan qo`llab-quvvatlandi. Shu yil davomida bizni qo`llab-quvvatlaganlarga esa minnatdorchilik bildiramiz, – dedi O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov.
Shu bilan birga, Uzreport media-festivalda “Eng yaxshi telekanal” nominatsiyasida g`olib bo`ldi, “Nukus Fm” eng yaxshi radiostansiya, “Demokratik debatlar” tok-shousi O`zbekistondagi saylov kampaniyasiga bag`ishlangan eng yaxshi mediamahsulot deb topildi.
Toshkentda “Ozod yurt to`lqinlari” media-festivali 12-marotaba o`tkazilmoqda. U O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash bo`yicha parlament komissiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

