“O`zbekiston madaniy merosi Buyuk Britaniya to‘plamlarida” mavzusida xalqaro davra suhbati
18 aprel kuni Londondagi mashhur Travelers Clubda “Yangi O`zbekiston. Noyob madaniy tashabbuslar”, O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yilligini nishonlashga bag`ishlangan. Tadbir O`zbekiston madaniy merosni o`rganish bilan shug`ullangan 60 dan ortiq britaniyalik yetakchi olimlarni birlashtirdi.
Boshqa ilmiy ma'ruzalar qatorida London Universitet kolleji Arxeologiya instituti ekspertlari guruhi o'z taqdimotida ajoyib Damashq po'lati zamonaviy O'zbekiston hududidan qazib olingan temirdan yasalgan bo'lishi mumkinligini ta'kidladi. Doktor Miliana Radzyavovich boshchiligidagi bir guruh olimlar O`zbekiston konlaridan hozirgi kungacha saqlanib qolgan xomashyo va qimmatbaho jinslar, ruda namunalari bo`yicha tadqiqotlar olib bormoqda.
“Bizning tadqiqotimiz Asikentda tigel deb ataladigan po`lat ishlab chiqarish jarayonini, uni ishlab chiqarish ko`lamini va Farg`ona vodiysi hududida ishlab chiqarishni tashkil qilishni ham o`rganishga qaratilgan”, deydi Radzyavovich.
Britaniyalik olimning qayd etishicha, IX asr boshidan Markaziy Osiyoda, xususan, hozirgi O`zbekiston va Turkmaniston hududlarida po`lat ishlab chiqarish bo`yicha bir qancha markazlar mavjud bo‘lgan.
Buyuk Ipak yo`li bo`ylab ilk islom davridagi intensiv savdo va tovar ayirboshlash tufayli O`rta Osiyodan Damashqqa po`lat tashib keltirildi va ingliz olimlarining fikricha, aynan shu po`latdan mohir qurolsozlar dunyoga mashhur qirrali qurollarni yasashgan.
O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va pmmalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov ham ushbu tadqiqotning ahamiyati haqida gapirdi.
“Britaniyalik olimlarning ilmiy izlanishlari biz uchun nihoyatda muhim. Endi biz shov-shuvli kashfiyotdan bir qadam naridamiz, bu mashhur Damashq po`latining kelib chiqishi haqidagi an`anaviy g`oyani o`zgartiribgina qolmay, balki O`zbekistonning Buyuk Ipak yo`lidagi muhim rolini yana bir bor ta`kidlaydi”, – dedi Abduxoliqov.