BADIIY TO‘QIMACHILIK
BADIIY TO‘QIMACHILIK

BADIIY TO‘QIMACHILIK

Tavsif

“Badiiy to‘qimachilik” Paxtalar oppoq bo‘lib ochilgan hosildor dalalar yastanib yotgan vodiylar, tog‘ yonbag‘irlarida chorva xotirjam o‘tlab yurgan makon, obidalarining lojuvard koshinlari yal-yal tovlangan, sirli tillakor interyerlari bilan zavq beruvchi meʼmorchilik... Osiyoning qoq yuragida joylashgan O‘zbekiston ko‘z oldingizda mana shunday namoyon bo‘ladi. Hududning betakror landshafti tufayli bu yerda dehqonchilik va chorvachilik yaxshi rivojlangan. Hududiy qulay joylashuvi O‘zbekistonda to‘qimachilikning turli yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratilishiga sabab bo‘ldi. Hudud vohalari kanop, paxta va ipak yetishtirish bo‘yicha yetakchi maskanlar bo‘lib, shunga mos ravishda bu yerning ipakchilik, zardo‘zlik, kashtachilik va bosma naqqoshlik sanʼati samoviy yuksaklikka erishdi. Arklarning mustahkam devorlari ortidagi sokin saroy ustaxonalarida yuksak tabaqaga mansub aslzodalar ehtiyojlariga xizmat qiluvchi zardo‘zlik mahorati sayqal topdi. O‘z navbatida, dasht va tog‘ oldi hududlari mahalliy bozorlarni mo‘l-ko‘l jun va undan tayyorlangan mahsulotlar – gilamlar, shu jumladan kigizlar bilan taʼminladi. “Shahar” ipak mahsulotlari va cho‘l gilamlarining rang-barangligi, mehmonxona hamda uylar devorlarini bezab, ko‘pchilik eʼtiborini tortayotgan, gulsimon, yulduz naqshlari, ilg‘ich bezaklarida hamon ko‘p sirlarni saqlab kelayotgan so‘zana va palaklar O‘zbekistonning serqirra timsolini o‘zida aks ettiradi. Agar siz yurtimizning tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishmoqchi bo‘lsangiz, uning to‘qimachilik mahsulotlariga qarang, ular sizga ko‘p narsalarni so‘zlab beradi. “O‘zbekiston sanʼati durdonalari” turkumi va undagi kirish so‘zi muallifi: O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi, “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi muallifi Firdavs Abduxoliqov”. Turkumning ilmiy muharriri va matn muallifi: Elmira Gyul (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik instituti, “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasining ilmiy koordinatori, O‘zbekiston). Dizayn – Lola Rajabova (“O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi dizayneri, O‘zbekiston).

O‘xshash kitoblar