RISHTON KULOLCHILIGI
RISHTON KULOLCHILIGI

RISHTON KULOLCHILIGI

Tavsif

Rishton kulolchiligi O‘zbekistonning eng ko‘zga ko‘ringan va qadimiy hunarmandchiligi – kulolchilik haqida gap ketganda, Rishton kulolchiligini birinchi o‘ringa qo‘yamiz. Farg‘ona vodiysining qoq markazida joylashgan mazkur shahar nafaqat mamlakatimiz, balki butun Markaziy Osiyoning chinakam kulolchilik poytaxtiga aylandi. Bu yerda, yaʼni Rishtonda oddiy loydan dunyoning eng yaxshi muzeylariga munosib ajoyib bo‘yalgan idishlar yasash sanʼati avloddan-avlodga ajib bir erkaklar kasbi orqali o‘tib kelmoqda. O‘zbek kulolchiligining boy palitrasida Rishton mahsulotlari o‘zining samoviy rang-barangligi va uchqur mo‘yqalam tasviri, unumdorlik, mehmondo‘stlik va sehrli himoya timsollari bilan ajralib turadi. Bular nafaqat uy-ro‘zg‘or buyumlari, balki ilohiy sinoatga mengzalgan yuksak sanʼatdir. Ko‘p asrlar davomida Rishton kulolchiligi ko‘tarilish va pasayish davrlarini boshidan kechirdi. Bugungi kunda esa bu shahar davr qiyinchiliklarini yengib, jadal rivojlanayotgan markazdir. 2021 yil boshida Rishton shahrida muhim voqea – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida. Xalqaro kulolchilik markazining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Markazning tashkil etilishi mamlakatimiz rahbariyati tomonidan xalq hunarmandchiligini qo‘llab-quvvatlashga katta eʼtibor qaratilayotganidan dalolat bo‘ldi. Ustalar markaz betakror kulolchilik maktabini asrab-avaylash, uni yana-da muvaffaqiyatli rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirishmoqda. Ushbu albomda turli muzeylar va shaxsiy kolleksiyalardagi Rishton kulolchilik sanʼatiga oid eng yaxshi namunalar taqdim etilgan. Ular hunarmandlarga asrlardan asrlarga yuksalib kelayotgan ushbu markazga xos yuksak ohangni saqlab qolishga yordam beradi. “O‘zbekiston sanʼati durdonalari” turkumi va uning kirish so‘zi muallifi: O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi, O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi muallifi va rahbari Firdavs Abduxoliqov. Ilmiy muharrir: Elmira Gyul (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sanʼat tarixi instituti, “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasining ilmiy koordinatori, O‘zbekiston). Lyudmila Kodzayeva (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zali. Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston), Yekaterina Yermakova (Sharq davlat muzeyi, Rossiya). Dizayn – Lola Rajabova (“O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi, O‘zbekiston).

O‘xshash kitoblar