KULOLCHILIK
Tavsif
Kulolchilik
Kulolchilik – davrning o‘zi biz bilan gaplashadigan maxsus til. Asrlar va ming yilliklar silsilasida yog‘och ham, metall ham shaksiz chang-g‘uborga aylanadi. Va faqat olovli o‘choqlarda pishgan mustahkam sopol unutilgan yuzlab ajdodlarning yodini kelajak avlodlarga yetkazadi.
O‘zbekistonning kulolchilik buyumlari o‘ziga xosdir. Ular butun Markaziy Osiyo mintaqasi tarixidan “hikoya qilishga” qodir. Ular savdo aloqalarining rivojlanish yilnomasi va harbiy yurishlarning aks-sadosi, hukmron sulolalarning yuksalishi va qulashi, turli madaniyatlarning uyg‘unlashuvini o‘zida aks ettiradi. Siz buni faqatgina ko‘rishingiz va eshitishingiz kerak.
Eng go‘zal sirlangan kulolchilik IX asrda paydo bo‘lgan. Bir qancha maktablar – Afosiyob (IX–XII asrlar), Temuriylar (XV asrlar) maktablari va O‘rta asrlar oxiridagi davlatlarning Xiva, Qo‘qon xonliklari, Buxoro amirligi maktablari eng yorqin maktablar sanaladi. Ular bezaklari va ranglari bilan o‘zaro farq qiladi va bir vaqtning o‘zida ularda qandaydir tarzda o‘zaro uyg‘unlik mavjud.
Afrosiyob idishlari mukammalligi bilan ixcham shakl va tasvirlarni qadrlovchi insonning qalbini “chertmay” qolmaydi. Ular ikki yoki uch rang vositasida ishlangan bo‘lib, qizil-jigarrang, oq yoki qora fonda usta qo‘li bilan kontrast rangdagi naqshlar chizilgan. Yaʼni u tom maʼnoda mo‘yqalamning bir nechta harakati bilan idishni dizayn sanʼatining betakror asarga aylantirgan. Temuriylar kulolchiligida aynan oq va ko‘k ranglar uyg‘unligiga ishtiyoq seziladi. Xonliklar davri kulolchiligi esa naqshlar va uslublar jamlanmasidir. Ushbu albom orqali siz bularning barchasi bilan tanishishingiz mumkin.
“O‘zbekiston sanʼati durdonalari” turkumi va uning kirish so‘zi muallifi: O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi, O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi muallifi va rahbari Firdavs Abduxoliqov.
Ilmiy muharrir: Elmira Gyul (“O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasining ilmiy koordinatori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik instituti, O‘zbekiston).
Matn muallifi: Liliya Nikolenko (jurnalist, blogger).
Dizayn – Lola Rajabova (“O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi dizayneri, O‘zbekiston).

