TASVIRIY SAN’AT
Tavsif
Tasviriy sanʼat
XX asrning ko‘p qismida O‘zbekiston “Sotsialistik Osiyo oroli” sifatida xalqaro badiiy kontekstdan chetlashtirildi.
Mustaqillikka erishib yurtimiz dunyoga yuz tutgach, uning sanʼati yorqin va ayni paytda ko‘p jihatdan tushunarsiz hodisa sifatida namoyon bo‘ldi. U o‘zining anʼanaviyligi va yangiliklari bilan barchani hayratga soldi.
Ushbu tasvirli albom tomoshabinga o‘tgan asrlarda afsonaviy bo‘lgan terra incognita zamonaviy tasviriy sanʼat yo‘nalishining o‘ziga xosligi haqida tasavvurga ega bo‘lishga yordam beradi. Unda turli muzeylar va shaxsiy to‘plamlardagi ko‘pchilikka nomaʼlum suratlar taqdim etilgan bo‘lib, ular so‘nggi yuz yillikdagi ushbu qiyin yo‘lning bir qismini aks ettiradi.
Maʼlumki, O‘zbekiston XX asrga qadar bo‘lgan davrlarda islom madaniyati sharoitida rivojlandi. 1917 yilgi inqilobdan keyin amalga oshirilgan siyosiy-madaniy tajribalar 1920-1930 yillarda G‘arb va Sharq madaniyatlari sintezida tug‘ilgan o‘zbek tasviriy sanʼatining shakllanishiga olib keldi. Dastlabki qadamlardan to hozirgi kungacha rangtasvir O‘zbekiston sanʼatida asosiy o‘rin tutdi. Milliy obrazlarni yangicha, yevropacha shakl va uslublar orqali ifodalash, sharqona estetik va mahalliy didni anglash yo‘llarini aynan rassomlar birinchi bo‘lib topdilar.
“O‘zbekiston sanʼati durdonalari” turkumi va uning kirish so‘zi muallifi: O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi, O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi muallifi va rahbari Firdavs Abduxoliqov.
Ilmiy muharrir: Elmira Gyul (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sanʼat tarixi instituti, “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi ilmiy koordinatori, O‘zbekiston).
Matn muallifi: Nigora Ahmedova (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sanʼat tarixi instituti).
Dizayn – Lola Rajabova (“O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi, O‘zbekiston).