MONIYNI XIJOLATDA QOLDIRGAN» KAMOLIDDIN BЕHZOD

Tavsif

Moniyni xijolatda qoldirgan Behzod Kamoliddin Behzod hayotlik davrida va keyingi asrlarda ham ko‘plab jayajonli eʼtiroflarga sazovor bo‘lgan Yaqin Sharqning kam sonli musavvirlaridan biridir. Uning ko‘rgazmasiga tashrif buyurgan Vasiliy Kandinskiy shunday deb yozgan edi: “Siz o‘z-o‘zidan tug‘ilgan, samodan ehson sifatida berilgan narsaning oldida turganga o‘xshaysiz ... Oddiylik butkul hukmron. Murakkablik deyarli boshni aylantiradi, bu eng nozik tuyg‘ular va go‘zal orzular qurshovidagi xalq ifodasidir”. Biroq, uning bor mashhurligi va obro‘-eʼtiboriga qaramay, tarjimai holi nuqtali chiziqlarda ifodalanadi va faqat uning hayot yo‘li haqida umumiy tasavvur berishi mumkin. Uning asarlari dunyoning ko‘plab muzeylari va shaxsiy kolleksiyalariga tarqalgan, baʼzilari bahsli bo‘lib, hali to‘liq o‘rganilmagan va buyuk rassomning haqiqiy asarlari ro‘yxatini to‘liq shakllantirishga imkon bermaydi. O‘rta asrlarda Behzodga u o‘z isteʼdodi bilan manixiylik sanʼati asoschisi va shu bilan birga mashhur rassom sanalgan Manini “uyaltirgan” deya taʼrif berishgan. Yevropalik tadqiqotchilar esa Behzodni “Sharq Rafaeli” deb ataganlar. Ular bu rassom Shohrux va Boysunqur davrida nafaqat Bag‘dod, Tabriz, Sheroz va Samarqandda o‘tgan o‘zidan avvalgi ustalar tajribasining eng yaxshi jihatlarini jamlagani, balki sanʼatdagi yangi yo‘nalishni dunyoga keltirganini va uni rivojlantirishga turtki berganini alohida eʼtirof etishadi. Mazkur albom buyuk rassomning yurtimizda qadrlanib kelayotgan barcha mashhur asarlarini o‘zida jamlagan va O‘zbekistondagi birinchi nashr ekanligi bilan ham ahamiyatlidir. Buning uchun ayni paytda Behzod miniatyuralarining asl nusxalari saqlanayotgan barcha tashkilotlar bilan yozishmalar orqali katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi. “O‘zbekiston sanʼati durdonalari” turkumi va uning kirish so‘zi muallifi: O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi, O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi muallifi va rahbari Firdavs Abduxoliqov. Matn muallifi sanʼatshunoslik fanlari nomzodi K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti Zuhra Rahimova. Dizayn – Lola Rajabova (“O‘zbekiston madaniy merosi jahon kolleksiyalarida” loyihasi, O‘zbekiston).

O‘xshash kitoblar