ЎЗБЕКИСТОН МАДАНИЙ МЕРОСИ ВЕНГРИЯ ФАНЛАР АКАДЕМИЯСИ ТЎПЛАМИДА

Tavsif

XIX asr o‘rtalarida O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilgan venger sharqshunosi Arminiy Vamberi venger va chig‘atoy (eski o‘zbek) tillarining o‘xshashligidan hayratda tushadi. U hatto bu tillar bir guruhga tegishli bo‘lishi mumkin degan nazariyani ham ilgari suradi. 1867 yilda Vamberi Yevropada birinchi chig‘atoy tili darsligini tayyorlaydi va nashr ettiradi, bu asar keyinchalik turkiy tillarni G‘arbda o‘rganilishiga juda katta taʼsir ko‘rsatadi. Uning sayohatlarida va tilshunoslikka oid tadqiqotlarida xivalik, kelib chiqishi o‘zbeklarning qo‘ng‘irot urug‘idan bo‘lgan Mulla Isʼhoq katta yordam bergan. U Vamberiga yo‘l ko‘rsatuvchi sifatida qo‘shilib oladi va Vengriyadan kelgan sayohatchi bilan avval O‘zbekiston bo‘ylab, undan keyin esa Eron va Turkiya bo‘ylab sayohat qiladi. Keyinchalik ikkalasi ham Budapeshtga borishadi va u yerda Mulla Isʼhoq venger tilini o‘rganadi va 1864 yildan boshlab hatto VENGRIYA Fanlar Akademiyasi kutubxonasida ham ishlay boshlaydi. Vamberi va Mulla Isʼhoq taqdiri haqida “O‘zbekiston madaniy merosi VENGRIYA Fanlar akademiyasi to‘plamida” nomli jildda o‘qishingiz mumkin. Unda Akademiya kutubxonasida saqlanayotgan O‘zbekiston madaniy merosini aks ettiruvchi eski o‘zbek va fors tilida yozilgan qo‘lyozmalari ham taqdim etilgan. Bu qo‘lyozmalarning aksariyati birinchi marta nashr etilmoqda.