АБУ АЛИ ИБН СИНО АСАРЛАРИ ҚЎЛЁЗМАЛАРИ ТУРКИЯ КУТУБХОНАЛАРИДА
Tavsif
Buyuk faylasuf va tabib Abu Ali Ibn Sino (Avitsenna) o‘z tarjimai holida o‘n sakkiz yoshida o‘sha davrning barcha ilmlarini puxta egallaganini yozib qoldirgan. Olim tibbiyot, falsafa, astronomiya, tabiatshunoslikka oid asarlari bilan butun dunyoga shuhrat qozongan. U birinchi bo‘lib viruslar mavjudligini taxmin qilgan va kasalliklar eng kichik moddalar yordamida yuqishini yozib qoldirgan. Uning asosiy asarlaridan biri "Tib qonunlari" besh asr davomida Yevropa universitetlarining tibbiyot fakultetlarida tahsil olayotgan talabalar uchun asosiy darslik vazifasini o‘tab kelgan. Ushbu jildga Usmonli turklar hukmdori Mehmed II uchun nsuxa ko‘chirilgan "Tib qonunlari"ning qo‘lyozma nusxasi kiritilgan. Kitob-albom asosan ikki qismdan iborat. Birinchisi Abu Ali Ibn Sinoning hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan. Ikkinchi bo‘limda uning asarlarining Turkiyadagi kutubxona va muzeylarda saqlanayotgan qo‘lyozmalari taqdim etilgan. Barcha asarlar biografik, tibbiy, falsafiy, mantiqiy, ilohiyotshunoslik, adabiyot, tasavvuf, axloqshunoslik sohalari va shuningdek, Qurʼon tafsirlari bo‘yicha tasniflangan. Asrlar davomida musulmon Sharqining turli mintaqalaridan kelgan mashhur olimlar va tabiblar Ibn Sino asarlariga sharhlar yozib, ularning qisqartirilgan versiyalarini yaratishgan. Keyinchalik ushbu qisqartirilgan versiyalarga ham ko‘plab sharhlar paydo bo‘lgan. Bu asarlar – sharhlar, qisqartmalar va ularga yozilgan izohlar ham kitob-albomga kiritilgan.

