ЎЗБЕКИСТОН АДАБИЙ МЕРОСИ РАМПУР РАЗА КУТУБХОНАСИ ТЎПЛАМИДА (ҲИНДИСТОН) (2- ҚИСМ)
Tavsif
“O‘zbekiston adabiy merosi Rampur Raza kutubxonasi (Hindiston) to‘plamida” jildining II qismida o‘rta asrlar davri adabiyotining janr jihatidan qanchalik boy ekanini ko‘rsatib beruvchi huquqshunoslik, falsafa, notiqlik, sheʼriyat, tibbiyot va boshqa mavzulardagi asarlar taqdim etilgan. Misol uchun, Xoni Xos taxallusi bilan mashhur bo‘lgan va imperator Boburning saroyida vazir lavozimida ishlagan Muhib Ali ibn Nizomiddin Ali Xalifai Marg‘iloniy (vafoti hijriy 989 / milodiy 1581 – 1582 yil) tomonidan hijriy 990/ milodiy 1582 yilda yozilgan “Lochin ovi haqida kitob” juda ham qiziqarli. Unda yirtqich qushlarni qo‘lga o‘rgatish yo‘llari va ularning turlari haqida batafsil maʼlumotlar berilgan, qushlarni parvarish qilish bo‘yicha tavsiyalar, ularning kasalliklari, davolash usullari va boshqalar haqida keng maʼlumotlar taqdim qilingan. Kitob Boburiylar sulolasining mashhur imperatori Buyuk Akbarga (1556-1605 yillarda hukmronlik qilgan) bag‘ishlangan. Ertaklar, hayvonlar haqidagi masallar, latifalar va afsonalarga bag‘ishlangan bo‘lim ham juda qiziqarli chiqqan. Asli Qarshi shahridan bo‘lgan Ziyovuddin Naxshabiy (vafoti hijriy 751/ milodiy 1350-1351) yil) tomonidan yozilgan “To‘tinoma” asari afsonalar orasida eng mashhuri bo‘lib, unda yosh kelinchakning eri uyda yo‘qligida qilgan ko‘ngilxushliklari haqida to‘tiqush nomidan aytilgan turkum ertaklari jamlangan.

