ЎЗБЕКИСТОН АДАБИЙ МЕРОСИ РАМПУР РАЗА КУТУБХОНАСИ ТЎПЛАМИДА (ҲИНДИСТОН) (1-ҚИСМ)

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

ЎЗБЕКИСТОН АДАБИЙ МЕРОСИ РАМПУР РАЗА КУТУБХОНАСИ ТЎПЛАМИДА (ҲИНДИСТОН) (1-ҚИСМ)

ЎЗБЕКИСТОН АДАБИЙ МЕРОСИ РАМПУР РАЗА КУТУБХОНАСИ ТЎПЛАМИДА (ҲИНДИСТОН) (1-ҚИСМ)

Tavsif

Hindistonning Rampur shahrida (Uttar-Pradesh, Hindiston) joylashgan Raza kutubxonasini odamlar kitoblar Toj Mahali deb atashadi. XVIII asrda tashkil etilgan ushbu kitoblar xazinasi sanskrit, arab, fors, turkiy, pushtu, urdu, hind va boshqa tillarda yozilgan minglab qimmatli qo‘lyozmalarni saqlab keladi. Bu to‘plamning muhim qismini O‘zbekiston adabiy merosi hisoblangan qo‘lyozmalar tashkil etadi. Ikki jildli “O‘zbekiston adabiy merosi Rampur Raza kutubxonasi (Hindiston) to‘plamida” kitobi aynan shu qo‘lyozmalarga bag‘ishlangan. Bu kitoblar, asosan Movarounnahr hududi yoki Hindistonning o‘zida, Boburiylar hukmronligi davrida Movarounnahrdan ko‘chib kelgan muhojirlar tomonidan yaratilgan. I qismda temuriylar tarixiga oid asarlar, turkiy tillarda yozilgan qo‘lyozmalar va boshqa ko‘plab o‘rta asrlar davri adabiyotining janr jihatidan qanchalik boy ekanini ko‘rsatib beruvchi asarlar taqdim etilgan. Ular orasida “Temur saroyi” miniatyurasi alohida eʼtiborni tortadi. Bu allegorik sahnada buyuk davlat arbobi Amir Temur uning o‘n ikki nafar avlodlari o‘rtasida o‘tirgan holda tasvirlangan. Miniatyura XVIII asrning ikkinchi choragida Muhammad Afzal Abu Faqirullohxon tomonidan chizilgan.