МАРКАЗИЙ ОСИЁ МЕРОСИ КЕМБРИЖ УНИВЕРСИТЕТИ ТЎПЛАМЛАРИДА (1-ҚИСМ)
Tavsif
Kembrij universitetining Fisvilyam muzeyida Britaniyadagi eng yaxshi islom sanʼati kolleksiyalaridan biri saqlanadi. Ushbu kolleksiyaning bir qismi bevosita O‘zbekiston madaniy merosi bilan bog‘liq. Ular orasida qadimiy tangalarning namunalari, xususan, turli sulolalar tomonidan Buxoro va Samarqandda zarb qilingan tangalar, ellinizm madaniyatining shukuhi sezilib turadigan va ehtimol, qadimgi Baqtriyada muomalada bo‘lgan antiqa zargarlik buyumlari, avval Kushonlar saltanatining bir qismi bo‘lgan Gandhara madaniyatiga oid buddaviylik haykallari, o‘rta asrlarda yaratilgan qo‘lyozmalarining salmoqli fondi, temuriylar davri kulolchiligiga oid oq va ko‘k ranglardagi idish-tovoqlar va meʼmoriy atributlarining bejirim namunalari, shuningdek, ikkita noyob, o‘zining kattaligi diqqatni tortadigan Buxoroning saroy kashtalari va bitta chopondan iborat to‘qimachilik buyumlari bor. Fisvilyamdagi kelib chiqishi turlicha bo‘lgan miniatyuralar to‘plamini o‘zida jamlagan muraqqa albomining tarixi alohida qiziqish uyg‘otadi, inchunun uning buyurtmachisi, ehtimol, mashhur boburiylar imperatori Akbar yoki uning onasi Hamida Bonu Begim bo‘lishi mumkin.