ТРЕТЬЯКОВ ДАВЛАТ ГАЛЕРЕЯСИ ТЎПЛАМИ

ТРЕТЬЯКОВ ДАВЛАТ ГАЛЕРЕЯСИ ТЎПЛАМИ

Description

XX asrning boshlariga kelib Rossiya va Yevropa sanʼatida Sharq madaniyatiga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bordi. Sanʼatkorlar o‘zlarining mazmunli va plastik(nafosat bilan bog‘liq) tilini boyitish maqsadida sharqqa eʼtibor qarata boshladilar. “Oriyentalizm”deb deb nom olgan sharqshunoslik yo‘nalishi ana shunday paydo bo‘ldi. Ko‘plab rus rassomlari O‘zbekistonga kelib, shu yerda yangicha ijodiy ruhiyatni, o‘zlarining ikkinchi vatanini topdilar. Ular orasida Sankt-Peterburg Badiiy akademiyasida tahsil olgan V. Vereshchagin, N. Karazin, R. Zommer, S. Dudin, S. Yudin, L. Bure va shu kabi boshqa musavvirlar bor. Ular bu yerda faoliyat olib borgan davrda O‘zbekistonning o‘zida va butun O‘rta Osiyoda tasviriy sanʼat sohasining tiklanishiga ham o‘z hissalarini qo‘shishgan. 1920 yillaridan boshlab O‘zbekiston tasviriy sanʼatining milliy maktabi shakllana boshladi, bu maktabning ko‘plab vakillari o‘sha davrlardayoq professional badiiy taʼlim olish imkoniyatiga ega bo‘lganlar. O‘tgan asrning 20-yillarining oxiri va 30-yillarining boshlaridagi davr sanʼat tarixiga ijodiy erkinlik ro‘yobga chiqqan, realizm va undan mutlaqo farqlanuvchi badiiy izlanishlarning bir-biri bilan hamohang rivojlangan davri sifatida kirib keldi va ular "Markaziy Osiyo avangardi" degan keng qamrovli taʼrif ostida mujassamlana boshladi. Ushbu jildda XIX asrning birinchi yarmidan XXI asrning boshlariga qadar bu yerga ko‘chib kelgan va shu yerlik mo‘yqalam ustalari tomonidan yaratilgan va hozirda Tretyakov galereyasida saqlanayotgan asarlar taqdim etilgan. Jildda ijod namunalari taqdim etilgan eng mashhur rassomlar qatorida O‘.Tansiqboyev va A.Volkov, P.Benkov, N.Karaxan, N.Kashina, E.Karavay, Ch.Ahmarov, R.Ahmedov va shu kabi boshqa ko‘plab shaxslarni tilga olish mumkin.