ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ФАНЛАР АКАДЕМИЯСИ АБУ РАЙҲОН БЕРУНИЙ НОМИДАГИ ШАРҚШУНОСЛИК ИНСТИТУТИ (1-ҚИСМ)

Tavsif

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti 1943 yilda O‘zbekiston Davlat jamoat kutubxonasining Sharq bo‘limi negizida tashkil etilgan. Bu yirik ilmiy markazda ilmiy, madaniy va maʼnaviy jihatdan nihoyatda muhim bo‘lgan eng sara qo‘lyozmalar fondi saqlanadi. Uning tematik tuzilmasi qanchalik ahamiyatga ega ekanini baholashga yordam beradi, shuning uchun ham turkumdagi beshta jild institutning qo‘lyozmalari kolleksiyasiga bag‘ishlangan. 21-jildda (1-qism) tarixiy asarlar va hujjatlar qo‘lyozma nusxalarining namunalari keltirilgan. Ularda Markaziy Osiyoning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tarixini o‘rganish uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan materiallar jamlangan. Misol uchun, umumiy tarix 257 qo‘lyozma (50 ta asar) orqali daqdim etilgan. Ulardan eng qadimiysi Abu Jaʼfar Muhammad ibn Jarir at-Tabariy (839-923 yillarda yashagan) tomonidan arab tilida yozilgan “Tarixi Tabariy” (“Tabariy tarixi”) asarining forscha tarjimasi bo‘lib, asarda Kavkaz, Kavkaz orti va Markaziy Osiyo hududlarida sodir bo‘lib o‘tgan voqealar qamrab olingan. Bu va boshqa manbalar olimlarga tarixiy voqealarni ishonarli dalillar bilan qayta tiklash imkonini beradi. 2000 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar fondi dunyodagi eng boy qo‘lyozmalar xazinalaridan biri sifatida YUNESKOning “Jahon xotirasi” reyestriga kiritilgan.