ШАРҚ ДАВЛАТ МУЗЕЙИ ТЎПЛАМИ
Tavsif
“Saxiylik jannat ahllarining fazilatlaridan biridir”. Bu so‘zlar juda ko‘p joylarda topilgan X-XII asrlarga oid sopol idishlarga yozilgan. Ulardan biri ushbu jildda taqdim qilingan. Bunday kulolchilik mahsulotlarini sotib olgan badavlat fuqarolarga saxiylik haqida eslatish islom Renesansi davrida axloqiy meʼyor sifatida eʼtirof etilgan.
Sharq xalqlari sanʼati davlat muzeyining o‘zbek kolleksiyasiga bag‘ishlangan ushbu jild “O‘zbekiston madaniy merosi ” turkumidagi birinchi jilddir. Shu sababli ijodiy jamoamiz unga alohida eʼtibor qaratgan. Artefaktlarni tanlab olishda tavsifi qisman maʼlum bo‘lgan va hali o‘rganilmagan predmetlar taqdim etilishi hisobga olindi. Umuman olganda, katalogdan milodiy birinchi asrlardan to XXI asrning boshlarigacha bo‘lgan davrda yaratilgan yodgorliklar o‘rin olgan.
Noyob eksponatlar orasidan Qoratepadan topilgan Buddaning oltin suvi yugurtirilgan boshi ham saqlangan bo‘lib, u So‘g‘d ossuariylari va Varaxshadan topilgan ganch parchalari, o‘zbek xonliklari davriga oid nafis bezak va kashtalar, nihoyat O‘zbekiston ilg‘or sanʼatining qudratini namoyon qiluvchi tasviriy sanʼat durdonalari kabi kishini hayratga soladigan yodgorliklr qatoridan o‘rin olgan. Ushbu saralab olingan yodgorliklar O‘zbekiston badiiy madaniyatining betakror merosini to‘liq aks ettiradi.

