Kongresslar
O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining I Kongressi
2017 yil may oyida Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l” I kongressida 20 ta davlatdan 250 nafar olim tomonidan ilk bor Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyatini yaratish g’oyasi ilgari surilgan edi. Bu fikr kongress qarori va olimlarning O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan Murojaatnomasida yangragan.

Jahon ilm-fani namoyandalari orasida Rossiya, Kanada, Italiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Misr, Koreya, Belgiya, Gollandiya, Fransiya, Germaniya, Chexiya, AQSh, Xitoy, Turkiya, Gretsiya, Ozarbayjon va boshqa davlatlar, shuningdek, YUNESKO va ICOMOS (Yodgorliklar va obidalarni muhofaza qilish xalqaro kengashi) vakillaridan iborat taniqli olimlar, muzey va ilmiy institutlar rahbarlari, ilmiy jurnallar muharrirlari, taniqli kolleksiyachilar bor. Ular orasida: YuNESKOning Olmaotadagi vakolatxonasi direktori va YuNESKOning Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondagi vakolatxonasi rahbari Krista Pikat; Rossiya Fanlar akademiyasining Sharq qoʻlyozmalari instituti direktori Irina Popova; Parijdagi Milliy ilmiy tadqiqotlar markazining tadqiqotlar bo’yicha faxriy direktori Per Lerish; Pembruk Fors tadqiqotlari markazining tadqiqotlar bo’yicha direktori Firyuza Melvill va boshqa olimlar ham bor.
Tadbirning asosiy voqeasi “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” eksklyuziv madaniy-ma’rifiy media-loyiha taqdimoti bo‘ldi (loyiha muallifi va rahbari O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Firdavs Abduxoliqov).
“O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” illyustratsion kitob-albomlarining dastlabki besh jildligi: “ Davlat Sharq muzeyi to‘plami ” (Moskva), “Rossiya etnografiya muzeyi to‘plami” (Sankt-Peterburg shahri), “Davlat Tretyakov galereyasi to‘plami” (Moskva), “O‘zbekiston gilamlari va kashtado’zligi jahon to‘plamlarida ” (Rossiya, AQSh, Kanada, Avstraliya), shuningdek, “Alisher Navoiy asarlari Rossiya Milliy kutubxonasi to‘plamida ” (Sankt-Peterburg) kitob-albomlaridir.
Kongressda 100 dan ortiq ma’ruzalar tinglandi, unda olimlar arxeologiya, numizmatika, tarix, amaliy san’at sohasidagi so‘nggi yutuq va kashfiyotlar bilan o‘rtoqlashdilar.

15 may kuni loyihaning ilmiy rahbari, atoqli arxeolog, tadqiqotchi, tarix fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Edvard Rtveladzeni tavalludining 75 yilligi munosabati bilan sharaflash marosimining tantanali tadbiri bo‘ldi. Fanlar akademiyasida, mamlakatimiz Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishda u “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi.
Tadbirni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tuzildi (rais – Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori, Respublika Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi Akmal Saidov), uning tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi akademiyalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek, Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish sohasidagi xorijiy ekspert va olimlar kirdi.
Kongress ishining yakuniy bosqichida, Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon ilmiy jamiyatini tuzish zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qilindi va u oʻqib eshittirildi. YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston bo‘yicha YUNESKO Klaster byurosi direktori v.b. Krista Pikkat, qadimiy Samarqanddagi Registon maydonida o’qib eshittirdi.
15-16 may kunlari I Xalqaro Kongressda birinchi marta Registon maydonida rangli 3D-mapping yorug‘lik va musiqa shousi bo‘lib o‘tdi.
16 may – Samarqanddagi kongressning ikkinchi kunida, “O‘zbekiston merosida etnik-madaniy o’zaro munosabatlar va an’analar sintezi” (Ulug‘bek madrasasi) xalqaro kongressining sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar Samarqand qog‘oz ishlab chiqarish fabrikasiga tashrif buyurib, qadimiy qog‘oz yaratish jarayoni (Samarqand) bilan tanishdilar, shuningdek, Tillakori madrasasida (Samarqand) O‘zbekiston gilamdo‘zligi va so‘zanalar yaratishning eng yaxshi asarlari ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.
Kongress Amir Temurning yetti bog‘idan biri timsolida qayta tiklangan Sharqiy Bog‘ishamol bog‘ida (Samarqand) tantanali dasturxon yozish bilan yakunlandi. “O‘zbekiston musiqiy merosi” kitob-albomi taqdimoti o‘tkazilgan kechada milliy o‘zbek mumtoz musiqa ijrochilari hamrohlik qildilar.

SDG'sForAll: O‘zbekiston madaniy merosni qanday asrashni namoyish qilmoqda

“O‘zbekiston madaniy merosi” jahon olimlarini Toshkent va Samarqandda birlashtirdi

Smotrim.ru: “O‘zbekiston madaniy merosi” jahon olimlarini Toshkent va Samarqandda birlashtirdi

Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati tuzildi

UzDaily: Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish maqsadida Butunjahon ilmiy jamiyati tashkil etildi

Vesti.ru: “O‘zbekiston madaniy merosi” jahon olimlarini Toshkent va Samarqandda birlashtirdi

Gazeta.uz: Butunjahon ilmiy jamiyati O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganadi

Toshkentda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Gazeta.uz: Poytaxtda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Poytaxtda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

153 – “O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l” Xalqaro kongressi rezolyutsiyasi.










































