Kongresslar
O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining VIII Kongressi
«Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans poydevori» VIII Xalqaro Kongressi bo‘lib o‘tadi
23-26 avgust kunlari Toshkent va Samarqanddagi Silk Road Samarkand turistik markazida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) hamkorligida «Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans poydevori» VIII Xalqaro Kongressi mavzusida tadbir bo‘lib o‘tadi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi hukumati, ERIELL GROUP neft-servis kompaniyasi tashkiliy va moliyaviy ko‘magida, shuningdek, TURKSOY, IRSIKA, “Al-Furqon” jamg‘armasi hamkorligida o‘tkaziladi.
VIII Kongressdagi asosiy mavzulardan biri Islom sivilizatsiyasi va Imom Buxoriy muzeylarining kontenti bo‘ladi. Bu qaror joriy yil iyulida Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan tashkil etilgan «Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans poydevori» forumi davomida 600 nafar mahalliy olimlar ishtirokida qabul qilingan edi.
Kongressda 35 ta davlatdan 300 ga yaqin dunyoga mashhur olimlar ishtirok etadi. Ular orasida 180 nafar xorijiy va 110 nafar o‘zbek mutaxassislari, jumladan, 15 akademik, 40 professor va dotsentlar, 103 fan doktori, 54 muzey va kutubxona direktorlari, 5 ta universitet rektori, 5 ta noshirlik uyi direktorlari, IRSIKA, AYSESKO, TURKSOY, “Al-Furqon” jamg‘armasi rahbarlari, Xalqaro Turk akademiyasi, Arab davlatlari Ligasi va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etadi. Shuningdek, CNN, Euronews, “Rossiya-Kultura”, “Mir”, “Rossiya-24” va Markaziy Osiyo davlatlari telekanallari kabi 20 ta xorijiy OAV jurnalistlari taklif qilingan.
Kongressga tayyorgarlik doirasida 22 avgust kuni TURKSOY xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti bosh kotibi Sulton Rayevning o‘zbek tilidagi «Tanlangan asarlar» yangi kitobi taqdimoti va VIII WOSCU Kongressiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Tadbirda tadbir tashkilotchilari va OAV vakillari ishtirok etadi.
Kongress ochilishi oldidan 23 avgust kuni Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat tashkil etiladi va qurilish ishlarining borishi haqida hujjatli film namoyish etiladi. «O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi» loyihasi taqdimoti o‘tkaziladi va loyihalar ko‘rgazmasi hamda markazning ko‘rgazma maketi bilan tanishuv bo‘lib o‘tadi.
Tushdan keyin ishtirokchilar Samarqandga yo‘l oladi va u yerda Imom Buxoriy yodgorlik majmuasiga tashrif buyuradi hamda Eriell Group kompaniyasi tomonidan VIII Xalqaro Kongress ochilishiga bag‘ishlangan qabul marosimida ishtirok etadi.
24 avgust kuni Kongressning ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. U birinchi marta tarixda Silk Road Samarkand majmuasining Kongress-Xoll zallarida o‘tkaziladi. Bu tadbir olimlar ishiga katta turtki berishi va Kongress ishtirokchilari uchun yodda qolarli tajriba bo‘lishi shubhasiz.
Rasmiylarning qutlov so‘zlaridan keyin yalpi yig‘ilish boshlanadi, unda Islom sivilizatsiyasi markazi va xorijiy dizaynerlar o‘z loyihalari va konsepsiyalarini taqdim etadilar. Muzeylar va Imom Buxoriy markazining ko‘rgazmalari konsepsiyalari ilmiy xodimlar tomonidan taqdim etiladi. Milliy mutaxassislar hamkorlikdagi loyihalarni, jumladan, Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy muzeyining ko‘rgazmalari bo‘yicha videoroliklarni taqdim etadilar.
Yalpi yig‘ilish yakunlangach, ekspertlar yettita shoʻbaga bo‘linib, Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy muzeylarining ekspozitsiyalari bo‘yicha taqdim qilingan loyihalarni muhokama qilishni boshlaydilar. Olimlar o‘zlarining noyob maʼruzalari bilan chiqish qiladilar. Shuningdek, AQSH va Rossiyadan kelgan mutaxassislar ishtirokida Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy muzeyi uchun zamonaviy texnologiyalar loyihalarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Yettita shoʻba bo‘yicha muhokamalar va maʼruzalar yakunlari bo‘yicha muzey zallari ekspozitsiyalari uchun taklif etilgan loyihalar tasdiqlanadi.
Parallel ravishda Diamond Ballroom zalda TYURKSOY forumi bo‘lib o‘tadi, unda turkiy tilli mamlakatlarning kino sanoati vakillari ham ishtirok etadilar. Kino loyihalarning taqdimotlari o‘tkaziladi.
Kongressning uchinchi ish kuni, 25 avgustda «O‘zbekiston madaniy merosi», «O‘zbekiston Qurʼonlari» turkumidagi Butunjahon jamiyatining asosiy loyihalari va qo‘lyozmalarning faksimil taqdimotlari bo‘lib o‘tadi. Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy muzeylari uchun innovatsion loyihalarning yangi nashrlari taqdimoti o‘tkaziladi.
Parallel ravishda TYURKSOY xalqaro madaniy tashkilotining forumi davom etadi, uning yakunlari bo‘yicha memorandumlar imzolanadi va «Yangi Renessans: kino va media madaniy meros ko‘magida» mavzusidagi forum rezolyutsiyasi qabul qilinadi.
Kongressning so‘nggi ish kuni, 26 avgustda, Sammit natijalari sarhisob qilinadi, Islom sivilizatsiyasi markazi hamkorlik loyihalarining Yo‘l xaritasi va markazning Xalqaro ekspert kengashi tarkibi tasdiqlanadi, Butunjahon jamiyatining «Oltin kitob» xalqaro mukofoti o‘z egalariga topshiriladi va VIII Xalqaro Kongress ishtirokchilarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga anʼanaviy murojaati qabul qilinadi. Kun yakunida ishtirokchilar mashhur «Sharq taronalari» xalqaro festivali tantanali ochilish marosimida qatnashadilar.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tomonidan shu yilning 23-26 avgust kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida tashkil etilayotgan «Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans poydevori» VIII Xalqaro Kongressida dunyoning 35 davlatidan 300 ga yaqin olim va ekspertlar – shundan 180 nafari xorijliklar, 110 nafari o‘zbekistonlik olimlar qatnashish kutilmoqda. Ular orasida 15 nafari akademik, 103 nafari fan doktori, 40 nafari professor, 54 nafar kutubxona va muzey direktorlari, xorijiy mamlakatlardagi 5 ta fanlar akademiyasi prezidentlari va vitse-prezidentlari, 6 ta oliy o‘quv yurti rektori, 5 ta nashriyot uyi direktorlari hamda YUNESKO, IRCICA, ICESCO, TURKSOY, “Al-Furqon” fondi, Xalqaro Turkiy akademiya rahbarlari, Arab davlatlari Ligasi va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etadi. Shuningdek, 20 ta xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari, jumladan, CNN, Euronews, “Rossiya-Kultura”,
“Mir”, “Rossiya-24”, Markaziy Osiyo davlatlari telekanallari jurnalistlari taklif etilgan.




