O‘ZBЕKISTON OBIDALARIDAGI BITIKLAR. FARG‘ONA
Tavsif
Farg‘ona vodiysida erta (islomgacha bo‘lgan) davrdagi sanoqli epigrafika yodgorliklari saqlanib qolgan, ular ham asosan turli buyumlardagi turkiy- run yozuvlaridan parchalar sifatida.
Musulmon davriga kelsak, Qo‘qon va Farg‘ona muzeylarida saqlanayotgan ba’zi arxeologik topilmalarni (qabr toshlari, me’moriy qoplamalar parchalari) hisobga olmasa, bu davr epigrafikasi ham o‘zining ko‘pligi bilan quvontirmaydi. Tabiiy ofatlar, ateistlik kampaniyalari paytidagi buzg‘unchiliklar tufayli yodgorliklar soni o‘ta kam qolgan. Hozirgi kungacha saqlanib qolgan epigrafik yozuvlar Ming sulolasi hukmronligi davriga (XVIII asr boshlari — 1876-yil) tegishli.
Ularning soni kam bo‘lgani uchun qadri ham o‘ta baland. Ijodiy guruh saqlanib qolgan yozuvlarni imkon qadar yozib olish va o‘qishga harakat qildi, shu jumladan arxiv fotosuratlari va materiallari bo‘yicha ham. Natijada bir qator noyob epigrafik kompozitsiyalar, ustalar, xattotlar va quruvchilarning ismlari aniqlandi.

