Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan har yili 300 dan ortiq xorijlik va mahalliy olimlar ishtirokida Oʻzbekistonda xalqaro kongress oʻtkazilmoqda

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan har yili 300 dan ortiq xorijlik va mahalliy olimlar ishtirokida Oʻzbekistonda xalqaro kongress oʻtkazilmoqda

Bugun oʻz ishini boshlagan kongress 8 noyabrga qadar k Samarqand shahrida  boʻlib oʻtadi.

Bir qator milliy va xalqaro hamkor tashkilotchilar ishtirokida Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyatining “Oʻzbekiston madaniy merosi – yangi Renessans asosi” VII Xalqaro kongressda “Oʻzbekiston madaniy merosi” turkumidan 61–70 jilddan iborat 10 ta yangi kitob taqdim etiladi. 

Ozarbayjon, Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya (shu jumladan Tatariston), Turkiyadagi Oʻzbekiston madaniy merosi toʻplamlariga bagʻishlangan kitob-albomlar shular jumlasidan. Eʼtiborli jihati,  ushbu toʻplam kitoblar kutubxonalarga bepul taqdim etilmoqda.

Shuningdek, Butunjahon jamiyatining boshqa noshirlik loyihalari – “Sharq miniatyurasida tarixiy shaxslar”, “Klavixo: Samarqanddagi Temur saroyiga sayohat kundaligi (1403–1406)”, “Rishton kulolchiligi”, “Oʻzbekiston sanʼati durdonalari”, “Orol va Amu boʻylarida: qoraqalpoq sanʼati”, “Badiiy atamalar ensiklopediyasi” albomlari, shuningdek, “Bezak ensiklopediyasi” mavzulariga bagʻishlangan rejalardagi nashrlar, “Oʻzbekiston gilamlari”, “114 Qurʼon”, “Sharqning 100 nodir qoʻlyozmasi” loyihalari ham kongress ishtirokchilariga taqdim etiladi.