Kundalik va marosim liboslari andozasi bilan farqlanmagan. Biroq turli marosimlarga mo‘ljallangan liboslar rangi, matoning sifati va bezaklarning mavjudligi bilan ajralib turgan.
Ayollar libosining umumiy to‘plamida ko‘ylak muhim o‘rin tutgan. Unga ulama yoqa, ko‘krakburma (koketka) kabi yangi tarkibiy qismlar qo‘shilib, vaqt o‘tishi bilan dastlabki ko‘rinishi yo‘qolib bordi.
Ammo ayrim tumanlarda XX asrning boshlariga qadar eski bichimdagi ko‘ylaklar kiyilgan.
Boshqa o‘zbek anʼanaviy liboslari haqidagi ma’lumotlarni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston muzeylari va xususiy Kolleksiyalari materiallari bo‘yicha an’anaviy o‘zbek liboslari” (XLVIII jild), (1-qism) kitob-albomidan olishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.

