Yog‘ochga ishlov berishning eng murakkab turi

Yog‘ochga ishlov berishning eng murakkab turi

Bilasizmi, yog‘ochga ishlov berishning eng murakkab turi bu — CHOL'GU asboblarini yaratish. Hunarning bu turida o‘ymakorlik va yog‘ochga qadama zeb berish san’ati, asbob ishlanayotgan materialning nozik jihatlari, ko‘plab yondosh fanlar – fizika, kimyo, tarix va albatta, musiqani bilishni talab etadi.

Yog‘ochga ishlov berishning eng murakkab turi

Cholg‘u asboblarini tayyorlashda turli ishlar bajariladi: yog‘ochga nafis ishlov berish, qadama zeb, o‘ymakorlik.

 

Bezatish usullari

 

Ko‘pincha musiqa asbobi qisman bezatiladi. Bezak turlari o‘zgarmaydi – bu gul unsurlari (lola, paxta), handasaviy oq va qora rang bo‘laklardan yopishtirib yasalgan naqsh. Arabcha chirmashgan yozuv unsurlari, zoomorf tasvirlar, xususan, tovuslar ham uchraydi. Ba’zan butun bo‘sh yuza usti (dutor yoki g‘ijjak rezonatori, grif) tuyaning oq suyagi va yog‘ochning o‘yma naqshi qadamasi bilan qoplanadi.