"... Bu yerlarda har doim tinchlik va osoyishtalik hukm suradi"

"... Bu yerlarda har doim tinchlik va osoyishtalik hukm suradi"

Rossiyalik etnograf, rassom va fotosuratchi Samuil Dudin 1900-, 1901-,1902-yillarda O‘rta Osiyoga xizmat safarlari uyushtirib, xususan, Samarqandda 500 ga yaqin fotosuratlar olgan. 

"... Bu yerlarda har doim tinchlik va osoyishtalik hukm suradi"

Dudinning ishlari orasida Xoja Ahror masjidining surati ham bor.  Xoja Ahror – yodgorlik majmuasi shakllanishi (XV asr) ko‘proq Xoja Ahror Valiy sifatida tanilgan shayx Nosiriddin Ubaydulloh ibn Mahmud Shoshiy nomi bilan bog‘liq. Masjid navbatma-navbat keluvchi ochiq ayvonlar va turli maqsadlar uchun qurilgan yopiq binolardan iborat.
 

S.Dudin o‘zining xizmat safari hisobotida shunday yozadi:

“Shaharlarning barcha burchaklariga qurilgan qator masjidlar ko‘chalarga ko‘pdan ko‘p chiroy baxshida etib turadi. ... hovuzlarda musulmonlar namoz oldidan tahorat oladilar, suv ichadilar va shu hovuzlar suvini ko‘chalarga sepadilar. Ularni bahaybat daraxtlar o‘rab turadi. Deyarli har bir masjid va madrasa hovlisida, mullalarning hujralari qoshida rayhon, iris, tirnoqgul kabi gullar ekilgan qatorlar yoki gultuvaklarni, qayrag‘ochlar, tutzorlar va chinorlar orasida esa mehr bilan parvarishlanayotgan anor va bodomni uchratish mumkin. Bu yerlarda har doim tinchlik va osoyishtalik hukm suradi. Yaproqlar to‘sgan ko‘cha shovqini bu yerda uncha eshitilmaydi, uning o‘rnini bir maromdagi Qur’on tilovati yoki masjid qoshidagi maktab bolalarining baland ovozdagi tahsili egallaydi”.

"... Bu yerlarda har doim tinchlik va osoyishtalik hukm suradi"