Ipak merosi bo‘yicha kitob-albom nashr etiladi

Ipak merosi bo‘yicha kitob-albom nashr etiladi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan ipakchilik sivilizatsiyasiga bag‘ishlangan ikki tomlik kitob-albom tayyorlanmoqda. Bu haqda Markaz axborot xizmati xabar qildi.

 

«Ipak: Sanʼat va Meros» hamda «Ipak: Tarix, Madaniyat va Texnologiya» deb nomlangan kitobғalbomlarga qo‘shimcha ilova sifatida ipakchilik tarixi xronologiyasi, Ipak yo‘llari xaritalari, ornamentlar kataloglari, ustalar portretlari, terminlar lug‘ati, shuningdek, dunyo muzeylari va kolleksiyalari ro‘yxati kiritilishi rejalashtirilgan.

 

Birinchi tomda ipakning paydo bo‘lishi, qadimiy sivilizatsiyalar va Buyuk Ipak yo‘lidagi o‘rni, Islom olami va Renessanslar davridagi rivojlanishi, ornamentlar, ramzlar hamda anʼanaviy ipak kiyimlari yoritiladi.

 

Ikkinchi tomda esa zamonaviy ipak ishlab chiqarish, O‘zbekistonning bu sohadagi global markaz sifatidagi roli, moda va dizaynda ipakning qo‘llanilishi, interyer va sanʼatdagi qiymati, innovatsion tendensiyalar hamda kelajak istiqbollari qamrab olinadi.

Ipak merosi bo‘yicha kitob-albom nashr etiladi