Shohlik va ilohiylik: Kushonlar davri numizmatikasi

Shohlik va ilohiylik: Kushonlar davri numizmatikasi

Nyu-Dehlidagi Hindiston Milliy muzeyida kushonlar davriga oid juda ko‘p va xilma-xil tangalar kolleksiyasi mavjud. 

 

Kushonlar podsholigining vujudga kelishi bilan birga tanga zarb qilish sohasida ham ko‘plab qiziqarli xususiyatlar paydo bo‘la boshladi. Milodiy I asrdan boshlab tangalarni ishlab chiqarishda muntazam tarzda oltindan foydalanila boshlagan. Boshqa mintaqalardagi muomalaga chiqarilgan tangalarda oddiy portret tasvirlari keng tarqalgan bo‘lsa, Kushon davlatining tilla tangalarida yangicha konsepsiya – podshoh shaxsini ilohiylashtirish urfga kirgan, buni tanganing tashqi ko‘rinishidan ham osongina ilg‘ash mumkin.

Shohlik va ilohiylik: Kushonlar davri numizmatikasi
Shohlik va ilohiylik: Kushonlar davri numizmatikasi
Shohlik va ilohiylik: Kushonlar davri numizmatikasi
Shohlik va ilohiylik: Kushonlar davri numizmatikasi

Kushonlar tangalarni asosan oltin va misdan tayyorlashgan, kumush tangalar kam chiqarilgan. Birinchi kushon hukmdori Kujula Kadfiz Hind-Yunon podsholigining oxirgi hukmdori Germey tangalariga o‘xshash tangalar chiqargan va unga kxaroshtxi tilidagi matnlarini qo‘shgan. Uning nabirasi Vima Kadfiz ikkala tilda – ham yunon, ham kxaroshtxi tillarida matn yozilgan oltin tangalarni muomalaga chiqargan. U zarb ettirgan oltin va mis tangalarning orqa tomoniga Shivaning ho‘kiz bilan yoki ho‘kizsiz tasviri tushirilgan. Oltin tangalarning old tomonida hukmdorning turli xil holatlardagi tasvirini ko‘rishingiz mumkin, mis tangalarda esa faqat bitta tipaj – qurbongohdagi hukmdor tasvirlangan.

Shohlik va ilohiylik: Kushonlar davri numizmatikasi
Shohlik va ilohiylik: Kushonlar davri numizmatikasi
Shohlik va ilohiylik: Kushonlar davri numizmatikasi
Shohlik va ilohiylik: Kushonlar davri numizmatikasi

Vima Kadfiz asosan og‘irligi taxminan 16 gramm bo‘lgan mis tangalar zarb qildirgan. Kanishka tangalarida hinduiylik, buddaviylik, zardushtiylik, yunon dinlarining diniy anʼanalaridagi personajlar tasvirlangan va ularning nomlari ham yozib qo‘yilgan. Shuningdek, u birinchi marta tangalarda yunoncha emas, baqtriya tilidagi yozuvlardan foydalana boshlagan. Misol uchun, yunoncha «basilevs basileon» (“shohanshoh” – «shohlar shohi») unvoni baqtriyacha “shaonanoshao” shaklida almashtirilgan.

Shohlik va ilohiylik: Kushonlar davri numizmatikasi
Shohlik va ilohiylik: Kushonlar davri numizmatikasi
Shohlik va ilohiylik: Kushonlar davri numizmatikasi
Shohlik va ilohiylik: Kushonlar davri numizmatikasi

Kushonlar davri tangalari braxmanlik va buddaviylik dini ikonografiyasining rivojlanishidagi qiziqarli evolyutsiyani ko‘rsatib beradi. Hukmdorlar va maʼbudlarning go‘zal miniatyurali tasvirlari, ikki tilda yozilgan matnlar Kushon davlati hukmdorlarining yuksak badiiy talablarga amal qilganliklaridan dalolat beradi.