Masson: “O‘rta Osiyo mening ikkinchi vatanim!”

Masson: “O‘rta Osiyo mening ikkinchi vatanim!”

Avvalroq Samarqand yaqinidagi Ulug‘bek rasadxonasi qoldiqlarini topgan va qazish ishlari bilan keng tanilgan taniqli rus arxeologi, sharqshunos va tarixchi olim Vasiliy Vyatkin haqidagi maqolani ulashgandik.

 

Samarqandda yashagan, XX asr O‘rta Osiyo ilmiy hayotining eng ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan yana biri, arxeolog va sharqshunos olim Mixail Masson hisoblanadi. 

Masson: “O‘rta Osiyo mening ikkinchi vatanim!”

Mixail Massonning arxeologiyaga qiziqishi Samarqanddagi o‘g‘il bolalar gimnaziyasida tahsil olgan paytlaridayoq boshlangan. V.Vyatkin uni Afrosiyob maydonidagi qazishmalarga jalb qilgan. Shuningdek, u 1908–1909-yillarda Ulug‘bek rasadxonasida olib borilgan qazishmalarda qatnashgan.

 

1916-yilda Masson Samarqand gimnaziyasini oltin medal bilan tugatadi va Petrograd politexnika institutida irrigatsiya muhandisi mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga kiradi. 1918-yilda Samarqandga qaytib kelib, viloyat muzeyi direktori lavozimida ishlaydi. Uning harakatlari bilan muzey kolleksiyasi turli eksponatlar bilan boyitilgan.

 

Olim o‘rta asr me’morlari tomonidan yaratilgan yodgorliklarni arxeologik jihatdan tekshirishning takomillashgan metodlarini topish va tatbiq etishda beqiyos xizmat ko‘rsatdi. 

 

Mixail Masson 1986-yilda Toshkent shahrida vafot etdi. 

 

Mixail Massonning shaxsiy arxivida “Navoiylar davridagi Samarqandning me’moriy qiyofasi” maqolasiga ilova qilingan fotosuratlar o‘rin olgan. 1942-yilga oid ushbu hujjatlar O‘zbekiston Milliy arxivida saqlanib kelinadi.

Masson: “O‘rta Osiyo mening ikkinchi vatanim!”

Massondan iqtiboslar:

  • "Yodgorliklar shahri Samarqand – O‘rta Osiyoning Rimidir";
  • “Turkiston — hozirgi O‘rta Osiyo mening ikkinchi vatanim! Men rus xalqi madaniyati ta’sirida tarbiyalangan bo‘lsam-da, Samarqandda ulg‘ayib, kamol topdim, uning yodgorliklari esa taqdirimni, mutaxassis sifatida mening hayot yo‘limni belgilab berdi”.

Manba: "Zarafshon" gazetasi