200 yillik tarixga ega Xo‘tan gilami - Kembrij muzeyidan sovg'a

200 yillik tarixga ega Xo‘tan gilami - Kembrij muzeyidan sovg'a

Xo‘tan (Shinjon, Xitoy) asrlar davomida Buyuk ipak yo‘lining muhim chorrahasi sifatida xizmat qilgan. Bu yerdan o‘tgan savdo yo‘llari orqali gilamlar nafaqat turmush buyumi, balki madaniyat va maʼnaviyat tashuvchisi sifatida butun dunyoga tarqalgan. Shu sababli, ularda Baqtriya, Eron, Xitoy va Hind madaniyatlari uyg‘unligi yaqqol ko‘rinadi.

 

Xo‘tan gilamlari Sharqiy Turkiston hududida to‘qilgan. Ular nafaqat yuksak hunarmandchilik mahorati, balki chuqur maʼnaviy timsollari bilan ham mashhur. 

 

Bugungi kunda Xo‘tan gilamlari Moskvadagi Sharq sanʼati muzeyida hamda Britaniyaning yirik auksion uylarida saqlanmoqda. Aynan Kembrijdagi Islomshunoslik markazi muzeyidagi Xo‘tan gilami naqsh va rang jihatidan alohida ajralib turadi. Unda “vogel” — uslubiylashtirilgan gulli vaza tasviri bor. U bahor, yangilanish va hayot ramzi sifatida talqin etiladi. Atrofidagi gullar esa ayollik, nafosat va serhosillik timsoli hisoblanadi.

200 yillik tarixga ega Xo‘tan gilami - Kembrij muzeyidan sovg'a

200 yillik tarixga ega ushbu gilam O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga hadya qilindi. Qimmatli eksponat endi Markaz muzeyi ekspozitsiyasidan joy oladi. Bu haqda ISM axborot xizmati ma'lum qildi.

200 yillik tarixga ega Xo‘tan gilami - Kembrij muzeyidan sovg'a