O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi kolleksiyasiga Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan SAM FOGG galereyasi tomonidan uchta noyob artefakt taqdim etildi.

Markaz axborot xizmati xabar berishicha, ular quyudagilardir:
- Temuriylar davriga oid haykaltaroshlik va amaliy sanʼat namunasi — 1450–1500-yillarda Eronda yaratilgan o‘yma naqshli bronza kosa;
- XIV asr oxirida Buxoro yoki Samarqandda ishlangan po‘lat plastinka;
- XX asr boshlariga oid metall iplar bilan bezalgan ipak chopon. Maxsus parcha texnikasida tikilgan ushbu choponning uzunligi 127 cm, ko‘krak aylanasi 92 cm, yeng uzunligi esa 164 cmni tashkil etadi.
Ushbu artefaktlar ISMning madaniy merosimizga bag‘ishlangan ekspozitsiyasini yanada boyitib, tashrifchilarga o‘rta asrlar tarixiy muhitini jonli ravishda his qilish imkonini ham berdi.
