O‘zbekistondagi ilk auksion uyi — “Art Vernissage” tomonidan Islom sivilizatsiyasi markaziga noyob artefakt — Samarqandda yaratilgan 1711-yilgi latun usturlob hadya qilindi. Bu haqda Markaz axborot xizmati xabar qildi.
_1.webp)
Maʼlumot uchun: Usturlob shunchaki astronomik asbob emas, balki ilm-fan taraqqiyoti, amaliy tajriba uyg‘unlashgan ramz sifatida qadrlangan. U nafaqat astronomlar, balki sayohatchilar, dengizchilar va savdogarlar uchun ham ishonchli yo‘lboshchi bo‘lgan.
Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy va Beruniy kabi buyuk olimlar asarlarida usturlobning tuzilishi va qo‘llanishini batafsil yoritgani bu asbobning islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rnini yana-da yaqqol namoyon qiladi.
“Art Vernissage” auksion uyi direktori Shavkat Sultonov taʼkidlashicha, usturlob, ayniqsa XV–XVIII asrlarda dunyo miqyosida eng ilg‘or qurilma sifatida eʼtirof etilgan. 21 cm uzunlikdagi ushbu “ilm asbobi” almashtiriladigan plastinalar bilan jihozlangan bo‘lib, turli geografik kengliklarda qo‘llash imkonini bergan.
