Erondan tuhfa: nodir Qurʼon nusxasi ISMdan joy oldi

Erondan tuhfa: nodir Qurʼon nusxasi ISMdan joy oldi

Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro ekspertlar forumi doirasida O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markaziga Temuriylar davrining bebaho merosidan biri — Sheroz hokimi va mashhur xattot Ibrohim Sulton qo‘li bilan ko‘chirilgan Qurʼonning faksimile nusxasi taqdim etildi. Bu haqda Markaz axborot xizmati xabar berdi.

Erondan tuhfa: nodir Qurʼon nusxasi ISMdan joy oldi

Maʼlumki, Amir Temurning vorisi Shohrux Movarounnahr va Xuroson hududlarida hukmronlik qilgan bo‘lib, uning farzandlari ilm va madaniyatga katta eʼtibor bergan. Shulardan biri Ibrohim Sulton nafaqat adolatli hukmdor, balki yuksak mahorati bilan tarixda nom qoldirgan xushnavis sifatida tanilgan. Uning “xatti muhaqqaq” uslubida ko‘chirgan Qurʼoni esa Temuriylar davri qo‘lyozmalari ichida eng nodir durdonalardan biri hisoblanadi.

 

— Bu asarning asl nusxasi hozirda Eronning Mashhad shahridagi Hazrati Imom Rizo ziyoratgohida joylashgan Oston Qudsi Razaviy kutubxonasida saqlanmoqda. Forumda taqdim etilgan faksimile nusxa esa O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi fondlarini yanada boyitadi, — dedi Eron Milliy arxivi va kutubxonasi raisi G‘ulomrizo Amirxoniy.
 

Tadbir davomida O‘zbekiston va Eron islom respublikasi qo‘lyozmalar va faksimile asarlarni o‘rganish, nashriyot sohasida tajriba almashish, mutaxassislar o‘rtasida ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishildi.

Erondan tuhfa: nodir Qurʼon nusxasi ISMdan joy oldi