Kaʼba tasviri tushirilgan 155 yillik surat

Kaʼba tasviri tushirilgan 155 yillik surat

Kaʼba tasviri tushirilgan ushbu surat 1870-yilga mansub bo‘lib, grafika uslubida ishlangan. 

 

Tasvir eni 1,80 sm, bo‘yi 94 sm ipak matosiga ishlangan bo‘lib, tilla bezaklar bilan ishlov berilgan. Feruza ranglar qo‘shib, mahorat bilan chizilgan Kaʼba tasviri ostiga Qurʼon oyatlaridan parchalar keltirilgan.

 

Surat sanʼatshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori, rassom Behzod Hojimetovga qoldirilgan oilaviy merosdir. Meros O‘zbekiston Milliy kutubxonasi restavratori Shuhrat Po‘latov tomonidan 3 oy davomida yapon qog‘ozi bilan qayta restavratsiya qilindi. Endilikda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining "Ikkinchi renessans davri" bo‘limining “Xonliklar” yo‘nalishi ekspozitsiyasidan o‘rin olishi kutilmoqda.

 

Rassomning taʼkidlashicha, XIX asrning oxirida ham Kaʼbaning qanaqaligi va uni chizish bo‘yicha xalq orasida qiziqish katta bo‘lgan.

Kaʼba tasviri tushirilgan 155 yillik surat