Steyn albomi: Samarqand-u Buxoro tasviri venger arxeolog kundaligida

Steyn albomi: Samarqand-u Buxoro tasviri venger arxeolog kundaligida

Asli millati venger bo‘lgan ingliz tadqiqotchisi va arxeologi ser Mark Aurel Steyn (1943-yilda vafot etgan) XX asrning birinchi yarmida O‘rta Osiyoning turli hududlariga uyushtirilgan to‘rtta ekspeditsiyaga rahbarlik qilgan.

Steyn albomi: Samarqand-u Buxoro tasviri venger arxeolog kundaligida
ser Mark Aurel Steyn

U birinchi safarida Xitoy Turkistonidan Rossiya va Angliya orqali Hindistonga boradi. U qazishma ishlarini olib borgan hududlarga eng yaqin temir yo‘l uzeli Andijon shahrida joylashgan edi. Birinchi ekspeditsiya haqida 1904-yilda nashr etilgan “Qumga ko‘milgan Xo‘tan xarobalari” nomli safar hisobotida mushtariylarga bozorning yorqin kartinasini aniq tasvirlab beradi.

 

Steyn 1901-yilning iyun oyida Marg‘ilon va Samarqand shaharlarida qisqa vaqt to‘xtab, tarixiy joylarni ziyorat qiladi. U yerda ko‘rganlaridan nihoyatda taʼsirlanib, butun hayratini u quyidagi so‘zlar bilan ifodalaydi: “Samarqandda o‘tkazgan maroqli kunlarimdan qolgan asosan, Markaziy Osiyodagi musulmonlar qudratining gullab-yashnagan davridan va sanʼatidan darak beruvchi Temuriylar davrining meʼmorchilik yodgorliklaridan olgan taassurotlarimdan, hatto Lahor, Dehli va Agraning hammasini birlashtirgan holda olgan xotiralarim ham ustunroq bo‘la olmaydi”.

Steyn albomi: Samarqand-u Buxoro tasviri venger arxeolog kundaligida
Ulug'bek madrasasi, Steyn albomi
Steyn albomi: Samarqand-u Buxoro tasviri venger arxeolog kundaligida
Tillakori madrasasi, Steyn albomi
Steyn albomi: Samarqand-u Buxoro tasviri venger arxeolog kundaligida
Sherdor madrasasi (chapda) va Shohizinda (o'ngda), Steyn albomi

Oradan deyarli 15 yil o‘tgach, Steyn yana Samarqandga qaytib keladi. Bu voqea 1915-yil oktyabr oyida sodir bo‘ldi. Bu safar u bir necha kunni Buxoroni aylanish uchun ajratdi. U Xitoy Turkistonidan kelishda, hozirgi Tojikiston hududida joylashgan tog‘ etaklari orqali tushib keladi. 20-oktyabrda Shahrisabzga yetib keladi, ertasiga esa Samarqandga jo‘naydi va bu yerda ikki kun turib qoladi. Undan keyin qadimgi Afrosiyob manzilgohi joylashgan joylarni ko‘zdan kechiradi. Buxoroda mahalliy hokimiyat vakillari bilan uchrashishdan tashqari, bu yerdagi tarixiy obidalarni ham ko‘zdan kechiradi. Steyn shaharda vaqtini ajoyib tarzda o‘tkazadi va 28-oktyabr kuni jo‘nab ketadi.

Steyn albomi: Samarqand-u Buxoro tasviri venger arxeolog kundaligida
Buxoro, Bolohovuz masjidi, Steyn albomi