Toshkentda VI asrga oid boʻlgan, sugʻd yozuvida “Twrk xʼγʼn” jumlasi aks etgan bronza tanga topildi, deya xabar berdi “Oyina” nashri.
Tanga gʻarbiy Goʻkturk xoqonligiga mansubligi va turk imperiyasining asoschisi Istemi xoqon avlodiga tegishli boʻlishi mumkinligi aytilmoqda. Undagi yozuv “Turk xoqoni“ deb tarjima qilinib, tanga tarixda “turk“ soʻzi qayd etilgan eng qadimgi, birinchi topilma boʻlishi mumkin.
Ushbu topilma Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Milliy arxeologiya markazi ilmiy xodimi, professor, fanlar doktori Gʻaybulla Boboyorov tomonidan amalga oshirilgan.
Nashrning yozishicha, Toshkent yaqinidan topilgan koʻplab qadimiy tangalar orasida bu tanga oddiy tuyulsa-da, arzirli asos – sugʻd yozuvidagi “turk“ soʻzining aks etishi bilan ajralib turadi. Bu atamaning ilk qayd etilishi ilgari Kul-Tegin, Bilge-xoqon yodgorliklari bilan bogʻliq edi. Topilgan tanga boʻlsa miloddan avvalgi 580-610-yillarga oid, oldingi davrga aloqadorlikni bildiradi.

