Jizzax viloyatida paleolit va neolit davrlariga oid yangi arxeologik maskanlar aniqlandi

Jizzax viloyatida paleolit va neolit davrlariga oid yangi arxeologik maskanlar aniqlandi

Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani hududida joylashgan Nurota tog‘ tizmasining shimoli-g‘arbiy qismida olib borilgan dala tadqiqot-qidiruv ishlari davomida qator arxeologik manzillar aniqlandi. Bu haqda Madaniy meros agentligi ma’lum qildi.

 

Tadqiqot ishlari 28-apreldan 6-mayga qadar Agentlik hamda Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti Tosh davri bo‘limi xodimlari tomonidan olib borildi.

Jizzax viloyatida paleolit va neolit davrlariga oid yangi arxeologik maskanlar aniqlandi

Aniqlangan tarixiy makonlar:

• O‘gat qishlog‘ining g‘arbiy qismida so‘nggi paleolit davriga oid ibtidoiy kishilarning yashash makoni;

• Qoropchi qishlog‘ining shimoliy etaklarida neolit davriga mansub ikkita yangi makon;

•  Yonboshtut qishlog‘i shimolida joylashgan “Beshbuloq” nomli makon. 

 

Mazkur arxeologik topilmalar O‘zbekiston hududida eng ibtidoiy odamlarning yashash tarixini o‘rganishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. Kelgusida topilmalarning ilmiy tahlillari asosida kataloglar, maqolalar va ko‘rgazmalar tayyorlanishi rejalashtirilgan.

Tadqiqotlar davom etmoqda.

Jizzax viloyatida paleolit va neolit davrlariga oid yangi arxeologik maskanlar aniqlandi