8-may kuni Venetsiya biennalesida O‘zbekiston Milliy pavilionining rasmiy ochilishi va qabul marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O’zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi xabar berdi.
Bu yilgi pavilion mavzusi o‘zida muhandislik fanlari, shaharsozlik, biologiya va sun’iy intellektni birlashtirgan bo’lib, “Intelligens. Tabiiy. Sun’iy. Kollektiv” deya nomlandi. Uning g’oyasi Toshkent viloyatida joylashgan “Quyosh” geomajmuasi asosiga qurilgan.
Ko’rgazma Venetsiya biennalesidagi beshinchi ekspozitsiyadir.

