Petrogliflar “jonlanadi”

Petrogliflar “jonlanadi”

O‘zbekiston janubidagi Zarautsoy, Teshiktosh va Obirahmat g‘orlarida, Toshkent yaqinidagi tog‘larda, Chimyon, Chotqol, Beldirsoy hududlarida, Navoiy viloyatining Sarmishsoy g‘orlarida petrogliflar, ya’ni toshga o’yilgan tasvirlar saqlanib qolgan. Toshlar yuzasidagi tasvirlarda asosan ov sahnalari, turli xil yovvoyi hayvonlar va inson shakllarini ko’rish mumkin. Tasvirlar ibtidoiy odamlarining diniy va dunyoviy qarashlari, turmush tarzi aksi hamdir. Ular ibtidoiy davrni ochib beruvchi manbadir.

 

Ana shu tosh qoyalarning eng qadimgilari bo’lgan Zarautsoy darasi (Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida joylashgan) va Siypantoshyodgorligi (Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi Hisor togʻ tizmalarida joylashgan)ning qoyatosh suratlari vizual ko’rinishda Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasidan joy olishi kutilmoqda. 

 

Ma’lumotlarga ko’ra, Markaziy Osiyoda 1 300 dan ortiq qoyatosh yodgorliklari mavjud. Shundan 250 ta qoyatosh yodgorligi O’zbekiston hududiga kiradi. Shu jumladan, Zarautsoyda 267 ta, Siypantoshda 822 ta petrogliflar bor. 

 

Petrogliflar orasida qizgʻish va jigarrang tusli tasvirlar bo’lib, ular, mutahassislarning fikricha, qizil tuproq hayvonlarning yogʻiga aralashtirilib tayyorlangan “oxra” boʻyogʻi orqali yaratilgan. Biroq oxra bilan chizilgan tasvirlar tabiat (yog’ingarchilik va boshqa) va insonlar ta’sirida yo’qolib ketish xavfi katta. Zamonaviy texnologiyalar ularni kelgusi avlodlarga yetkazish, tasavvur qilish imkonini kengaytiradi.

Petrogliflar “jonlanadi”