Amir Temurning so‘nggi onlari tasvirlangan miniatyura topildi

Amir Temurning so‘nggi onlari tasvirlangan miniatyura topildi

Ushbu miniatyura temuriylar davri adabiyotining yetuk vakili Abdulloh Hotifiyning XVI asr boshlarida Sohibqiron Amir Temurni sharaflab yaratilgan “Temurnoma” asari qo‘lyozmasidan olingan va unda o‘lim to‘shagida yotgan sarkardaning so‘nggi onlari tasvirlangan. Bu haqda Islom sivilizatsiyasi markazi axborot xizmati maʼlum qildi.

 

Miniatyura ayni paytda Eron Milliy kutubxonasida saqlanadi.

Amir Temurning so‘nggi onlari tasvirlangan miniatyura topildi

Abdulloh Hotifiy 1454-yilda Eronning Jom viloyatiga qarashli Xarjird qasabasida tug‘ilgan. Uning ijodida tog‘asi, mashhur shoir Abdurahmon Jomiyning hissasi katta bo‘lgan. U Nizomiy, Dehlaviy, Jomiy va Navoiy singari ulug‘ mutafakkirlar izidan borib, o‘z “Xamsa”sini yaratgan. Mazkur besh dostondan biri – “Temurnoma” sohibqiron  Amir Temurning jahongirlik salohiyatiga bag‘ishlanadi.

 

Hotifiy “Xamsa”si "Layli va Majnun", "Shirin va Xusrav", "Haft manzar", “Temurnoma”, "Futuhoti shohiy" yoki “Shohnoma” dostonlaridan iborat. Dostonning Navoiyga bag‘ishlanishi va unda ulug‘ o‘zbek shoiri alohida bobda madh etilishi bejiz emas edi. Chunki Hotifiy Navoiyning eng yaqin va isteʼdodli shogirdlaridan biri edi. Shu sababli Navoiy shogirdini har jihatdan qo‘llab-quvvatlagan edi.

 

Hotifiy hayotining so‘nggi yillari safaviylar davriga to‘g‘ri keladi. Shoh Ismoil Safaviy shoirga homiylik qilgan. Hotifiy 1521-yilda vafot etgan.