Usmon Musʼhafi tarixi haqida kitob chop etiladi

Usmon Musʼhafi tarixi haqida kitob chop etiladi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida ilk bor Qurʼoni karimning eng qadimiy nusxalaridan biri Usmon Musʼhafi tarixi haqida ilmiy-ommabop kitob tayyorlanmoqda.

 

Markaz axborot xizmati maʼlum qilishicha, kitobda VII asrda ko‘chirilgan va hozirgi kunda O‘zbekistonda saqlanayotgan Usmon Musʼhafining kelib chiqishi, tarixiy yo‘li, paleografik xususiyatlari, diniy va madaniy ahamiyati keng yoritiladi. Kitob nashr etilgach, u Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasi tarkibiga kiritiladi va tashrif buyuruvchilarga ushbu noyob Qurʼon qo‘lyozmasi haqida batafsil maʼlumot berish imkonini yaratadi.

 

Loyihaning asosiy maqsadi – O‘zbekiston hududida saqlanayotgan bu nodir tarixiy manba orqali islom ilm-fanining yuksak saviyasini, musulmon dunyosining ilk davrlardagi yozuv madaniyati va Qurʼonni ko‘chirish anʼanalarini keng jamoatchilikka tanitish. Bu buyuk tarixiy va madaniy meroslarimizni o‘rganish, asrash va targ‘ib etish yo‘lida yana bir muhim qadamdir.