Orlat kamari: qadimgi So‘g‘diyona harbiy elitasining xazinasi

1970-yillarda Samarqand yaqinidagi Orlat qo‘rg‘onidan topilgan Orlat kamari to‘plami Sug‘diyona tarixi bilan bog‘liq eng noyob arxeologik topilmalardan biridir. Ushbu yodgorlik miloddan avvalgi I asr oxiri - milodiy I asr boshlariga to‘g‘ri keladi va o‘sha davrdagi harbiy zodagonlarning yuqori mavqeining ramzi hisoblanadi.

Orlat kamari: qadimgi So‘g‘diyona harbiy elitasining xazinasi
Jang tasvirlangan kamar to’qasi
Mil. I-II asrlar, Suyak, o’yma naqsh
O’zR FA San’atshunoslik institute

Kamar to‘plamiga nozik o‘yma naqshli bronza va kumush taxtachalar kiradi, ularda jang, ov va tantanali marosimlar tasvirlangan. Orlat taxtachalarining o‘ziga xosligi shundaki, ulardagi har bir detal qahramonlarning harakatlari, his-tuyg‘ulari va xususiyatlarini haqqoniy ifodalashga alohida e’tibor bilan ishlangan.

 

Olimlarning fikricha, lavhalardagi tasvirlar nafaqat ko‘chmanchi jangchilarning kundalik hayoti epizodlarini, balki Markaziy Osiyo xalqlarining qahramonlik afsonalari bilan bog‘liq mifologik motivlarni ham aks ettiradi. Ba’zi lavhalar keyinroq yaratilgan "Alpomish," "Dada Qo‘rqut" kabi epik syujetlarga o‘xshab ketadi.

 

Orlat kamari madaniy o‘zaro ta’sirning yorqin dalilidir: uning bezaklarida mahalliy sug‘d an’analari va skif-sarmatlar qabilalarining san'ati badiiy ta’siri elementlari kuzatiladi. Bundan qadimgi Sug‘diyona tashqi madaniy aloqalarga ochiq bo’lgan, deyish mumkin.

 

Malumot tuchun: qadimdan kamarlar teran ramziylikka ega ashyo sanaladi. U insonning zaif joylarini himoya qiladi va tumor vazifasini o’taydi, shuningdek, uni taqqan kishining ijtimoiy maqomini ham bildiradi. Shunga ko’ra, Orlat kamaridagi tasviriy syujetlar oddiy bezak emas, balki muayyan mafkuraviy ma’lumotlarni saqlovchi manbadir. Balki o’yma tasvirlar Sug’d ko’chmanchilarining afsonalarini o’zida aks ettirgan dostonlardan lavhalar bo’lishi mumkin. 

 

Bugungi kunda Orlat bitiktoshlari O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi kolleksiyasining faxri bo‘lib, ularni ilmiy o‘rganish qadimgi O‘rta Sharq xalqlarining ijtimoiy tuzilishi, harbiy tashkiloti va dunyoqarashini chuqurroq tushunish imkonini beradi.

Orlat kamari O’zbekiston madaniy merosining haqiqiy durdonalaridandir.

 

WOSCU axborot xizmati