Fransiyada saqlanayotgan Temuriylar sulolasining shajarasi haqidagi asar o'zbek tiliga tarjima qilindi.

Fransiyada saqlanayotgan Temuriylar sulolasining shajarasi haqidagi asar o'zbek tiliga tarjima qilindi.

Fransiya Milliy kutubxonasida Temuriylar sulolasi shajarasi aks etgan qo‘lyozma topildi. Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Madaniy meros haftaligi doirasida Tojikiston davlat pedagogika universiteti prorektori, tarix fanlari doktori Shodmon Vohidov O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi uchun “MUʼIZ AL-ANSOB” asari temuriylar shajarasini o‘rganishda muhim manba” mavzusidagi maʼruzasida maʼlum qildi.

Vohidov so‘zlariga ko‘ra, u kitobdan nusxa olgan va keyinroq fransuz hamkasblaridan uni tarjima qilish va nashr etishga rozilik olgan. Gap "Shajaralar orasida eng qadrli shajara" asari haqida ketmoqda. "Ushbu asarning muallifi aniq emas, lekin men bilamanki, bu kitob tarixchilar guruhi tomonidan tuzilgan. Ularning birinchisi va tashabbuskori mashhur tarixchi Hofiz Abru bo‘lib, u hukmdor Shohrux hukmronligi davrida bu nasabnomani tuzishni boshlagan. Ushbu manba taxtda bo‘lgan hukmdorlar haqidagina emas, balki ularning o‘g‘illari va qizlari haqida ham maʼlumot beradi. Ochiq manbalarda ular haqida maʼlumot juda kam. Masalan, Chingiziylar va Temuriylar hukmdorlarining oilaviy munosabatlarida Vizantiya va arab hukmdorlarining qizlar sanalgan ayollar ham bo‘lgan. Shu tariqa mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamlangan," — dedi Shodmon Vohidov.

Olimning taʼkidlashicha, qo‘lyozma bizga to‘rt nusxada yetib kelgan. Fransiya kutubxonasidagi kitobdan tashqari, yana ikki nusxa Hindistonda Boburiylar hukmronligi davrida tuzilgan. Ular Aligarx Musulmon universiteti kutubxonasi fondlarida saqlanadi. Yana bir nusxa Angliya kutubxonasida mavjud. 

"Ushbu maʼlumotlarni solishtirgan holda, men asarni o‘zbek tiliga tarjima qildim, sharhlar, ko‘rsatkichlar berdim va yaqin orada bu asar chop etiladi", — dedi olim.

 «Sharq Renessansi fenomeni: davlatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar» O‘zbekiston madaniy meros haftaligi 18 oktyabrdan 26 oktyabrgacha Toshkentda bo‘lib o‘tmoqda. Unda 100 dan ortiq xorijiy olimlar va ekspertlar ishtirok etmoqda. Haftalik doirasida konferensiyalar, seminarlar, forumlar, ko‘rgazmalar va taqdimotlar o‘tkaziladi. Jumladan, «O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi» mega-loyihasi va SIS muzey zallarining ekspozitsiyalarini kuchaytirishga, shuningdek, Imom Buxoriy innovatsion muzeyiga qaratilgan loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Islom sivilizatsiyasi markazi — Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan, islom dinini ezgulik, tinchlik va bag‘rikenglik dini sifatida targ‘ib qilish g‘oyasi doirasidagi loyiha.