Andijon masjidining minorasi nimani hikoya qiladi

Andijon masjidining minorasi nimani hikoya qiladi

XIX asrda qurilgan Andijonning Jome masjidi majmuasi mintaqa tarixining muhim meʼmoriy yodgorliklaridan biridir. Majmuaning muhim qismi yozuvlar bilan bezatilgan minora hisoblanadi.

Andijondagi Jome masjidi majmuasi 1884–1892 yillarda, 1902 yilgacha tanaffuslar bilan qurilgan bo‘lib, yarim vayron bo‘lgan qishloq masjidi (namozgoh) o‘rnida mahalliy boy Mahmud Aliboy tashabbusi bilan barpo etilgan. Binoni tiklash ishlarini Iso-xon va Mavlono ustalari olib borgan, ular oldingi masjidning qiyofasini saqlab qolishga intilishgan.

Majmua hududi ikki gektarga yaqin maydonni egallaydi va bir necha asosiy elementlarni o‘z ichiga oladi, ular orasida balandligi 27,5 metrli minora ham bor. Yaxshi saqlangan inshootning shimoliy g‘arb tomonida burma zinapoya o‘rnatilgan kirish eshigi mavjud. Eshik o‘yma naqshlar bilan bezatilgan. Minora ichida yuqori maydonchaga olib boradigan burma zinapoya joylashgan. Minorada gorizontal chiziqlar bilan ajratilgan yozuvli to‘rtburchak shaklidagi marmar plita o‘rnatilgan. Yozuvda qurilish, homiy va Qurʼondan (61:13) parcha, shuningdek, o‘ymakor Bahodir Xo‘janing ismi keltirilgan. Yozuv aralash uslubda, nastaʼliq va nasx xatlari qo‘llangan. Marmar plitadagi yozuv va naqshlar vaqt o‘tishi va o‘tmishdagi muvaffaqiyatsiz tiklash ishlari tufayli shikastlangan. Shuning uchun yozuv to‘liq o‘qib bo‘linmagan.

Minora relyef naqshli terrakota koshinlar bilan bezatilgan. Minoraning yuqori qismida stalaktit naqshli (sharafa) sakkizta ravoqli teshiklari boʻlib, qisman ochiq panjara bilan qoplangan. Arklar oʻrtasida qadimgi turkiy xalqlarga xos tinchlik timsoli boʻlgan svastika asosida relyefli geometrik naqsh oʻrnatilgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi «O‘zbеkiston obidalaridagi bitiklar. Andijon» mumkin. 

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.