Suratga olish jarayoni xivaliklarda qanday taassurot uyg‘otgani haqida safar qatnashchilaridan biri shunday degan edi: «Biz yetib kelganimizda ular kameraga katta qo‘rquv bilan qaradilar. Suratkashni esa, ayniqsa, u suratga olish payti boshini qora mato bilan o‘rab olayotganda, sehrgarga qiyosladilar. Keyinchalik bu jarayonda hech qanaqa xavf-xatar yo‘qligiga amin bo‘lishgach, ayniqsa shu zahoti o‘z suratlarini qo‘lga olarkanlar, xivaliklarda nafaqat bu holatni oddiy va odatiy holat tarzida qabul qildilar, balki o‘zlarini suratga tushirishlarini iltimos qila boshladilar. Birinchi bo‘lib devonbobo namuna ko‘rsatdi. To‘g‘ri, avvaliga u ham fotouskuna oynasini o‘q otuvchi qurol deb o‘ylab, uning otilishini kutdi: undan so‘ng dorug‘a hech qo‘rqmasdan suratga tushdi va nihoyat ajoyib kunlarning birida, xon o‘z haramidagi bir nechta bolalarni (o‘z o‘g‘illarini – T.Ye.) va sevimli itini jo‘natdi. Ularning suratlari shu zahoti qog‘ozlarda o‘z aksini topdi.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida "O‘zbekiston Rossiya arxivlari to'plamlarida saqlanayotgan XIX asr va XX asr boshlariga oid tarixiy fotosuratlarda turkumidagi“ (37 jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.